Ma’lum qilinişiça, Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son “Davolaş” fakulteti 5-bosqiç talabasi, 1999 yilda tuğilgan U.T. talabalarning işonçiga kirib, ularni universitetdagi tanişlari orqali yakuniy test imtihonlaridan ötkazib berişni va’da qilgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida U.T. uşbu oliygohda tahsil oluvçi mahalliy fuqarodan 4 ta fanning yakuniy test imtihonlaridan ötkazib beriş uçun 2 000 dollar talab qilib, şundan 1 500 dollarni olayotganda aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Tezkor suriştiruv jarayonlarida, U.T. fuqarodan olgan 2 000 dollarning 700 dollarini özida olib qolib, qolgan 1 300 dollarini jinoiy şerigi Bobur ismli şaxsga berişni rejalaştirgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatiş rejalaştirilib, suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.






