10 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yiğilişida energiya samaradorligi, köp qavatli uylarni boşqariş va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi.
Rasmiy relizga köra, ötgan yili elektr va gazni tejaş böyiça tumanbay dasturlar qabul qilingan. Xonadonlar va ijtimoiy obektlarda örnatilgan quyoş kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda.
Sanoat korxonalari ham “yaşil energiya” manbalarini joriy qilmoqda. Masalan, “Özbekkömir” tizimida quyoş kollektorlari va issiqlik nasoslari örnatilgani hisobiga yiliga 150 ming kilovatt elektr iqtisod qilinmoqda.
Lekin ayrim hududlarda işlar sust bölgani uçun elektr iqtisod qiliş rejasi töliq bajarilmayotgani körsatib ötildi.
Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta boğçaning energiya samaradorligini oşiriş rejalaştirilgan.
Yangi ijtimoiy obektlarni loyihalaştirişda energiya tejamkorlik böyiça qat’iy talab kiritiş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, issiq oylarda ma’muriy va tijorat obektlarini sovutişga qiş bilan bir xil energiya sarflanayotgani körsatib ötildi. Şu munosabat bilan ma’muriy binolar, köp qavatli uylar, korxona, savdo va servis binolarida energiya samaradorligi böyiça texnik şartlarni işlab çiqiş topşirildi.
Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obektni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş topşirildi. Jumladan, 251 ta şifoxona, 292 ta boğça, 393 ta maktab va internat ta’mirlanadi.

Prezident tarmoq rahbarlari va hokimlarning bu yil elektr va gazni tejaş rejasi qoniqarsiz ekanini, ular yanada katta marra olişi şartligini ta’kidladi.
Har bir hokimga 1 tadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejaş böyiça namuna qiliş topşirildi. Uşbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinişiga erişiş muhimligi ta’kidlandi.
“Tejaş – yöqotişlarni kamaytiriş, tejamkor texnologiyalarni joriy qiliş hisobiga bölişi şart”, – dedi davlat rahbari.
Elektromobilni uyda quvvatlaşni rağbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi







