10 iyun kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yiğilişida energosamaradorlik va kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik masalalari körib çiqildi.

Rasmiy relizda aytilişiça, Özbekistonda elektromobillar soni oxirgi uç yilda 10 karra oşib, 35 mingtaga yetgan. Jizzaxda elektromobil işlab çiqariş yölga qöyilmoqda.

Şu munosabat bilan yiğilişda davlat rahbari elektr tizimini rivojlantirişda yangi zaryadlaş quvvatlarini hisobga oliş zarurligi körsatib ötildi.

Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlaşni rağbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlaş uskunasiga hisoblagiç örnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uçun arzon tarif qöllanadi.

Şuningdek, köçalar, köp qavatli uylar atrofida 22 kilovattgaça, xonadonda 7 kilovattgaça zaryadlaş stansiyasi örnatiş mumkin böladi. Davlat taşkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam oliş maskanlari avtoturargohida quvvatlaş stansiyasi örnatiladi.