Özbekiston adliya vazirligi rasmiysi Sevara Örinboyeva Toşkent şahri Yakkasaroy tumanida joylaşgan Içki işlar vazirligi binosi yonidan ötgan yerosti kabellaridagi yonğin sababli Davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan boğliq xizmatlarni körsatişda uzilişlar bölayotganini ma’lum qildi.
Toşkent şahar IIBB «10 iyun kunidan «Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi»da texnik profilaktik işlar olib borilayotgani sababli Toşkent şahar IIBB YHXB «Ma’muriy amaliyot» va «Röyxatdan ötkaziş va imtihon oliş bölimi» kompleks avtomatlaştirilgan axborot tizimida yuzaga kelayotgan uzilişlar» töğrisida xabar qilgan.
Şuningdek, Toşkent şahar IIBB MvaFRBning quyidagi tizimlarida uzilişlar kuzatilmoqda: Özbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bölmagan şaxslarga hamda Özbekiston Respublikasida doim yaşovçi çet el fuqarolariga identifikatsiya ID-karta beriş; fuqarolarni hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni, şuningdek mamlakatda doimiy yaşovçi çet el fuqarolarini doim yaşaş manzili böyiça röyxatga oliş; vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş; Özbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yaşaş manzili hamda vaqtinça turgan manzili böyiça röyxatga oliş.
«Hududiy elektr tarmoqlari» matbuot xizmati aniqlik kiritişiça, 35/10/6 kV.li «Özbekiston» nimstansiyasidan çiquvçi kabel tarmoği şikastlangan.
«Vujudga kelgan holat bartaraf etilgunga qadar iste’molçilar töliq boşqa tarmoqqa ötkazilgan bölib, ayni paytda Yakkasaroy tumanining Konstitutsiya va Yunus Rajabiy mahallalari hamda Mirobod tumanining Abdulla Avloniy va At-Termiziy mahallalaridagi aholi iste’molçilari elektr energiyasidan uzilgan», deyiladi xabarda.
Bundan oldinroq Toşkent şahri markazida yonğin röy berişi oqibatida qator köçalarda svetoforlar işlamay qolgani ma’lum bölgandi.








