“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan:
- jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya beriş masalasi jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan körib çiqilişi tartibi joriy etiladi;
- jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;
- jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Özbekiston harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta körib çiqilişi tartibi belgilandi;
- tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati beriladi;
- tergov sudyalari tomonidan körib çiqiladigan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuqori instansiyalarda qayta körib çiqişning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.








