12–13 iyun kunlari kuçli yomğirlar yoğişi kutilayotgani sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu böyiça «Özgidromet» ogohlantiriş berdi.
Sel kelişi kutilayotgan hududlar:
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlari;
- Farğona viloyati: Söx, Farğona, Beşariq tumanlari va Şohimardon;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod şahri.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli xududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söraldi.
Farğona vodiysi hududlari böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli borligi, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkinligi qöşimça qilingan.








