Özbekiston hozirça sayyohlik sohasida dunyo reytingida örtalikda yuribdi. Biroq mutaxassislar yaqin yillarda Özbekiston reytingda jadal kötarilişini taxmin qilişmoqda.

Sönggi yillarda mamlakatimizga Tojikiston, Qozoğiston va Rossiyadan kelayotgan sayyohlar oqimi keskin köpaydi. Hozirda uzoq xorijdan keladigan sayyohlar oqimini köpaytiriş uçun turli loyihalar qilinmoqda.

Özbekiston bir neça yillardan buyon dunyoning sayohat qiliş uçun eng xavfsiz deb topilayotgan mamlakatlaridan biri bölmoqda. Biroq mamlakatda turizmni rivojlantiriş uçun qilinadigan işlar juda köp.

Turizm infrastrukturasi – yöllar, aeroportlar, mehmonxonalar, va transportni rivojlantiriş lozim böladi.

Quyida dunyodagi eng köp sayyohlar mamlakatlar önligini taqdim etamiz. Fransiya bu röyxatda birinçi örinni ança yillardan buyon heç kimga bermay kelyapti.

10. Buyuk Britaniya

Londondagi ikki qavatlar avtobuslar sayyohlar orasida juda maşhur transport hisoblanadi.
www.alamy.com

Ma’lumotlarga köra 2023 yilda Britaniyaga qariyb 40 mln nafar sayyoh kelgan. Bu davlatda sayyohlarni öziga jalb qila oladigan turli tarixiy binolar va boşqa joylar bor.

Sayyohlarni Britaniyada Londondan tortib Şotlandiya poytaxti Edingburg şahrigaça, Garri Potter suratga olingan qasrlardan tortib afsonaviy Bitlz guruhining ofisigaça öziga jalb qila oladi.

Şuningdek, bu mamlakatga Grinviç meridianining nolinçi nuqtasi ötgan joyni köriş uçun ham millionlab sayyohlar kelişadi. Bundan taşqari, dunyodagi eng qiziqarli futbol ligasi – Angliya premiyer ligasi öyinlarini stadionda turib jonli tomoşa qiliş uçun ham Britaniyaga köplab xorijlik muxlislar kelişadi.

Masalan, yaqinda Mançester Yunayted jamoasining muğulistonlik muxlisi uzoq vaqt davomida qariyb 10 ming km yöl bosib velosipedda Britaniyaga yetib bordi. Bundaylar juda köp.

9. Germaniya

Berlindagi Brandenburg darvozasi sayyohlar orasida juda maşhur.