Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13-15 iyun kunlari davlat taşrifi bilan Özbekistonda böladi.

Taşrif dasturiga muvofiq, Toşkent şahrida bölib ötadigan oliy darajadagi muzokaralarda Özbekiston–Koreya döstlik va alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqiladi.

Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almaşinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, infratuzilmaviy rivojlaniş va boşqa ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari e’tibor markazida böladi. Ta’lim, soğliqni saqlaş, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qöşma dasturlar muhokama qilinadi.

Şuningdek, mintaqaviy, şu jumladan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşiş rejalaştirilgan.

Sammit yakunlari böyiça bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.

Taşrifning işbilarmonlik dasturi doirasida Özbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari qöşma biznes forumida iştirok etadi.

Prezident Yun Sok Yol Özbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanişiş maqsadida Samarqand şahrida ham böladi.