Turizm – davlat iqtisodiyoti va aholi uçun eng qulay, daromadli soha. Özbekiston ikkinçi ma’muriyati davrida mamlakatni turizm uçun oçdi. Qator davlatlar fuqarolari uçun vizasiz rejimni joriy qildi. Reyslar köpaydi, infrastruktura rivojlandi, deyilsa-da, respublika turizm mahsulotlari dunyoda eng qimmatlaridan bölib qolmoqda. Kun.uz ayni mavzuda sayyohlik agentligi menejeri Xayrullo Normatov hamda PR ekspert Kamola Ikramova bilan suhbat uyuştirdi. Unda ta’kidlanişiça, narxlar juda qimmat, transport tizimi noqulay, çipta oliş va xizmat körsatiş – örtakaşlar qölida.
Prezident turizmni rivojlantiriş yuzasidan ötkazgan yiğilişida mas’ullarga şu yilning oxirigaça davlatga 10 milliondan ortiq sayyohlarni olib keliş vazifasini berdi. Hisob-kitoblarga köra, Özbekistonga 1 yilda 5-6 million sayyohlar taşrif buyurmoqda. Demak, turistik mahsulotlar soni va sifati rivojlanişi kerak, dunyo aholisining qiziqişini uyğotişdek vazifani uddalaş lozim. Kun.uz bilan suhbatlaşgan PR ekspert, jamoatçilik bilan aloqalar böyiça mutaxassis Kamola Ikramova fikriça, xorijdagi taşviqot – noprofessional. Videoroliklar eski, undagi ma’no-mazmun tor, e’tiborni tortadigan kadrlar hamda yangi rakurslarni uçratmaysiz. Xuddiki, Özbekiston qadimiy obidalar va palov makonidek ma’no aks ettirilgan.
Sayyohlik agentligi menejeri Xayrullo Normatovga köra, Özbekistonga keluvçilarning aksariyati bugun Ğarbiy Yevropadan. Va asosan davlatga 50 yoşgan oşganlar keladi. Ya’ni yoş respublikaga bugun qariyalar köproq oşiqadi. Çunki Özbekiston turizm mahsulotlari tarixiy-gastronomik xarakterga ega bölib qolmoqda. Suhbatda kelişiça, sayohatning asosiy xarajatlari – transportga sarflanadi. Yevropa va umuman, dunyo bilan işlaşda muntazam tizim kerak. Özbekistonga köp davlatlardan töğridan-töğri reyslar yöq, içki sayohatda ham çipta topiş – jiddiy muammo. Bundan taşqari, mahalliy parvozlar jadvaliga deyarli har kuni özgartirişlar kiritiladi.
Havo, temiryöl transportiga çipta oliş – juda qiyin. Çunki çiptalar biznes manbayiga aylangan, örtakaşlar foyda ilinjida vaziyatdan foydalanmoqda. Lekin narxlarning oşgani örtakaşlar bozorini sindirişi mumkin, deydi PR ekspert Ikramova.
“Masalan, Fransiyadan Özbekistonga sayohat narxi aviabiletlar bilan hisoblaganda 2500 yevrogaça bormoqda va bu jahon bozorida juda qimmat degani, deydi Xayrullo Normatov.
Bundan taşqari, mehmonxonalar, mehmon uylari va sayyohlarga xizmat körsatiş obektlari xususida gap ketarkan, bildirilişiça, VIP mehmonlar uçun 5 yulduzli mehmonxonalarning soni barmoq bilan sanarli. Aslida ularning soni, heç bölmasa, poytaxtda önlab bölişi kerak.






