"Dunyo" xabariga köra, suhbat davomida xorijiy tomonga 2023-2030 yillarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş va iqlim özgarişiga çidamlilikni oşiriş böyiça Özbekistonning milliy harakatlar rejasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida tabiiy ofatlar xavfini kamaytiriş va zilzilalarni tahlil qilib ularni oldindan aytiş böyiça yönalişlarda hamkorlik örnatiş masalalari muhokama etildi.
Uçraşuv yakunida Özbekistonning tegişli idoralari va ISC örtasida ilmiy sohada doimiy hamkorlikni va axborot almaşinuvini yölga qöyiş böyiça kelişuvlarga erişildi.
Xalqaro seysmologiya markazi 1960 yilda YuNESKO homiyligida Britaniyada taşkil etilgan. Markazning asosiy vazifasi butun dunyodagi bölib ötgan zilzilalarning jamlanmasini yiğiş va tahlil qilişdan iborat. ISC hozirgi kunga kelib dunyoning 47 ta rivojlangan davlatlarining 71 ta ilmiy-tadqiqot muassasalari va seysmologik markazlari bilan hamkorlikni yölga qöygan.








