Taşkilotçi – Zelenskiy
OAVda bu sammit faol muhokama qilinmoqda. Uning taşkilotçisi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bölib, sammitga Rossiya va uning bir neçta ittifoqçisidan taşqari hamma taklif qilingan. Tadbir tanqidçilari undan qandaydir natija kutib bölmaydi deb hisoblamoqda. Axir sammit boşlanişi arafasida ham unda aynan nima muhokama qilinişi köpçilikka ma’lum emasdi. Zelenskiy esa bu sammitni ötkazişning özini katta ğalaba deb hisoblamoqda.
Mezbon Şveytsariya hukumatiga köra, sammitni uruşni tugatiş jarayonining boşlanişi deb bölmaydi, ammo uni tinçlik yölidagi ilk katta qadam deyiş mumkin.
Bayden, Putin va Si qatnaşmaydi
Uşbu tinçlik sammiti ğoyasi qanday paydo bölgani haqida ikki oğiz. Ukrainada 2022 yil oxirida, Xerson ozod qilingani va muvaffaqiyatli yurişlardan ilhomlanib, şunday tinçlik sammiti haqida gapira boşlaşdi. Öşanda bu yiğilişni taşkil qiliş uçun Ukraina prezident ma’muriyati rahbari Ondriy Yermak tayinlandi. Avvaliga Ukraina tinçlik böyiça öz formulasini tarğib qilib, dunyo davlatlarining qölloviga ega bölişga intildi. Bundan maqsad katta ehtimol «Mana, bizni köpçilik qöllayapti» deb öz tinçlik rejasini Moskvaga körsatiş bölgan.
Agar bugun boşlangan sammit öşa vaqtda ötkazilganda vaziyat boşqaçaroq bölardi. Çunki u vaqtda ustunlik Ukraina tomonda, Ğarbning Kiyevni qöllovi ham kuçliroq edi. Hozir esa vaziyat boşqaça. Rossiya frontda vaziyatni öz tomoniga oğdirgan, Xarkivda muvaffaqiyatsiz bölsa-da, yangi yurişlarni boşlagan. Bir söz bilan aytganda, hozir «töp Rossiya tomonda».
Ğarb esa Ukrainaga yordamni kamaytirgan. Töğri, yangi yordamlar taklif qilinmoqda, lekin amalda köp narsa töxtab qolgan. Bu uçun hatto AQŞ prezidenti Bayden Ukraina yetakçisi Zelenskiydan keçirim söradi ham. Bu orada Rossiya Xitoy bilan yanada yaqinlaşib oldi, Putin çinliklarni tinçlik sammitiga bormaslikka köndirdi.
Bundan taşqari, orada Isroil va HAMAS örtasida uruş boşlanib, köpçilikning e’tibori Yaqin Şarqqa qaratildi. Öşa uruş fonida Zelenskiy Isroilni qöllaşini aytib çiqqaç esa aksar musulmon olami va ayniqsa arab davlatlarining Ukrainaga nisbatan munosabati keskin özgardi. Keyinçalik Zelenskiy bu ritorikasini takrorlamadi, arab davlatlariga borib uçraşuvlar ötkazdi, ammo baribir uruş boşidagi munosabatlarni tiklaş endi imkonsiz. Yuqoridagi omillar tinçlik sammitining darajasini sezilarli pasaytirdi deyiş mumkin.
Yana bir tuşunarsiz tomoni – oxirgi lahzagaça sammitda neçta davlat vakillari qatnaşişi aniq emasdi. Masalan, Saudiya heç kimni yubormaymiz degandi, ammo bugun taşqi işlar vazirini Şveytsariyaga yubordi. Boşida 160 ta davlat taklif qilingani aytildi, keyin ularning soni kamaydi, keyin köp davlatlar hukumat rahbarlarini emas boşqa vakillarni yuboradigan böldi. Kiyev vakillari 107 ta davlat qatnaşişga rozi bölganini aytdi. Sammit boşlanişi arafasida esa mezbon Şveytsariya hukumati 90 ta davlat vakillari kutilayotganini e’lon qildi.









