Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 3 kunlik davlat taşrifi bilan Özbekistonda böldi. Rasmiy Toşkent ikki ma’muriyat davrida ham Koreya bilan iliq, döstona aloqalarga ega. Kun.uz muxbiri mamlakatlar örtasidagi strategik şeriklik masalalari haqida söz yuritiş uçun siyosiy tahlilçi Jasurbek Pölatov va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Dostonbek Olimjonovni taklif etdi.
Sönggi bor 2019 yilning aprel oyida Koreyaning öşa vaqtdagi prezidenti Mun Çjye In Özbekistonga davlat taşrifi bilan kelgan edi. 2022 yilda lavozimga saylangan Yun Sok Yol esa şu kunlarda Markaziy Osiyoning 3 respublikasiga turnesini yakunladi: dastavval Turkmaniston, söngra Qozoğiston hamda Özbekistonda böldi.
Bugun Koreya Respublikasi – Özbekistonning taşqi savdodagi eng katta 5 hamkoridan biri. Şuningdek, Markaziy Osiyodagi koreys diasporasi vakillaridan eng köpi ham Özbekistonda yaşaydi. Koreys prezidentlar, mulozimlar ötgan asrning 30-yillari oxirida bu hududga köçirilgan koreyslarni iliq qabul qilgani uçun mintaqa davlatlariga minnatdorligini bildirib keladi.
Siyosiy tahlilçi Jasurbek Pölatovning fikriça, Koreyadan Özbekistonga u yoki bu masalada bosimlar yöq, gigantlardan farqli ravişda Seul Markaziy Osiyo davlatlari bilan geosiyosiy manfaatlarsiz, beminnat hamkorlikka kirişadi.
Suhbatda, şuningdek, Koreya va Özbekiston aloqalaridagi eng muhim va qaynoq yönaliş – migratsiya masalalari ham kötarildi. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Osiyo va Tinç okeani mintaqasi davlatlari bilan işlaş bölimi boş mutaxassisi Dostonbek Olimjonovning ma’lum qilişiça, bugungaça 40 ming nafardan ortiq mehnat muhojirlari Koreyaga işga jönatilgan. 2023 yilning özida jönatilganlar soni 4 mingdan ortiq.
Lekin mehnat qilişga ketayotganlarning hammasi ham qonun-qoida va şartnoma talablariga böysunayotgani yöq. Masalan, 2021 yilda E-8, ya’ni Koreyaning iş vizasi bilan davlatga borgan 421 nafar özbek muhojirlaridan 307 nafari şartnomani buzib, noqonuniy işlaşga çiqib ketgan. Şundan söng, Koreya özbekistonliklarga bu turdagi viza berişni butunlay töxtatdi, deydi Olimjonov.
Koreya va uning xalqidan örgansa böladigan jihatlar juda köp. Masalan, koreyslar siyosiy faol va davlatidagi jarayonlarga, saylovlar-u, ovoz berişlarga befarq emas. Har bir fuqaro öz ovozini qadrlaydi va tanlagan nomzodidan natija ham talab qiladi. Eng asosiy örganadiganimiz – jamoatçilik nazoratidir. Koreyada OAV töla erkin va davlat rahbariga ham bemalol jiddiy savollar beradi, deydi siyosatşunos.
Şuningdek, Koreya taşqi siyosatining borişi, davlatlar bilan aloqalardagi faolligi uning ittifoqçilariga ham boğliq. Masalan, AQŞda Donald Tramp prezidentlik qilganda, Amerika izolyatsion siyosat yuritgandi, Koreya esa bu yillarda ançagina erkin taşqi siyosat olib borgan. Bayden esa, aksinça, global siyosat tarafdori. Uzoq Şarqdagi asosiy ittifoqçilar Yaponiya va Janubiy Koreyaning taşqi siyosatiga ham bu ta’sir qiladi, deydi tahlilçi.
Şohrux Majidov suhbatlaşdi.
Janubiy Koreya






