Özbekiston Taşqi işlar vazirligi vakillari bilan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNESKO) rahbariyati örtasida onlayn uçraşuv bölib ötdi.
TIV ma’lumotiga köra, 2025 yilda Samarqand şahri YuNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilişi töğrisida xabardor qilingan edi. Uşbu yirik anjuman sönggi qirq yil içida birinçi marta tuzilmaning Parijdagi boş-qarorgohidan taşqarida bölib ötadi.
Mazkur tadbirga tayyorgarlik köriş maqsadida 2024 yil 14 iyun kuni Özbekiston Taşqi işlar vazirligi va YuNESKO rahbariyati örtasida onlayn uçraşuv bölib ötdi. Muzokaralarda mamlakat vazirlik va idoralari, YuNESKO Kotibiyatining tegişli bölimlari rahbarlari va vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda YuNESKO boş boşqaruv organining Samarqand şahrida bölib ötadigan yiğilişiga tayyorgarlikning borişi yuzasidan fikr almaşildi. Muzokaralar natijasida sessiyani yuqori saviyada ötkaziş uçun barça sohalarda hamkorlikda işlaş va yaqin aloqalarni davom ettirişga kelişib olindi.









