Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi Özbekiston fuqarolarining RFga kirişda qiyinçilikka uçrayotgani holatlari yuzasidan RF Taşqi işlar vazirligiga murojaat yölladi.

Elçixona axborotiga köra, Rossiyaga kirişda yoki Moskvadagi Şeremetevo aeroporti orqali tranzit qilişda qiyinçiliklar bölayotgani haqida Özbekiston fuqarolari tomonidan diplomatik missiyaning koll-markaziga murojaat köpaygan.

Fuqarolar aeroportlarning tegişli xizmatlari tomonidan haddan taşqari uzoq davom etayotgan qöşimça tekşiruvlardan şikoyat qilmoqda.

“Holatga aniqlik kiritiş maqsadida elçixona tomonidan Rossiya Federatsiyasi Taşqi işlar vazirligiga murojaat yöllandi”, – deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, elçixonaning konsullik bölimi Şeremetevo aeroportining çegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, şu yil 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida röy bergan teraktdan keyin Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining RFga kirişida muammolar kuzatilayotgani haqida xabarlar köpaygan edi. Fuqarolari eng köp qiyinçiliklarga uçrayotgan Tojikiston rasmiylarining söroviga javoban rasmiy Moskva mamlakatda xavfsizlik çoralari kuçaytirilganini bildirgan.