Narita – Yaponiyaning eng katta ikkinçi aeroporti. Bu yerda yiliga 250 mingdan ortiq parvoz va qönişlar amalga oşiriladi va 40 mlnga yaqin yölovçilarga xizmat körsatiladi.

Uşbu aeroport qurilişi oldidan Yaponiya hukumati va mahalliy aholi örtasida kuçli ziddiyat kelib çiqadi. Şunga qaramay, 1978 yilda Narita xalqaro aeroporti oçildi. Norozilik namoyişlari töxtamadi. Buning oqibatida hattoki bir neça politsiyaçi va fermer halok böladi.

Aeroport 2002 yilgaça faqat bitta uçiş-qöniş yölagi bilan işlagan. Şundan söng ayrim yer egalaridan atrofdagi qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar sotib olinib, ikkinçi uçiş-qöniş yölagi oçiladi.

Mazkur hududda yaşovçi fermer Takao Şito köçib ötişdan boş tortadi. U tirikçiligi yer bilan boğliqligini ta’kidlab, öziga tegişli mulkni hukumatga topşirmaydi. Yaponiyaning «Qişloq xöjaligi yerlari töğrisida»gi qonuniga asoslanib, fermerlarga huquqiy himoya körsatiladi. Yakunda aeroportning ikkinçi uçiş-qöniş yölagiga olib boruvçi yönaliş özgartiriladi va Şitoning fermasi atrofini aylanib ötadigan qilib, qayta loyihalaştiriladi.

Tabiiyki, vaqt ötgan sayin yuk taşiş miqdorining oşib borişi aeroport hududini kengaytirişni taqozo etadi. Fermer hozirgaça aeroport ma’muriyati bilan bir neça marotaba sudlaşgan va boşqa joyga köçiş evaziga tovon puli olişdan boş tortib keladi.

Takao fermer xöjaligiga borişda özi uçun maxsus qurilgan yerosti tunnellaridan foydalanadi. 

Nega Şito boşqa joyga köçişni xohlamaydi?

Aeroport örnida qişloq bölgan. Mahalliy aholi hukumat bergan taklifni qabul qilib, bu yerdan köçib ketgan. Şitoga ham 1,7 mln dollar taklif qilingan. Fermer barça takliflarni rad etib kelişiga bir qança sabablarni keltiradi. Uning bir neça avlodlari bu yerda 100 yildan ortiq vaqtdan beri oziq-ovqat yetiştirişadi. Bobosi dehqon bölgan, otasi va özi ham uning izidan borgan.

«Gap pulda emas. Men organik dehqonçilik bilan şuğullanaman. Siz tuproqning yuqori unumdor qatlamini boşqa joyga köçira olmaysiz. Yoki boşqa yerda ham xuddi şunday tuproqni topa olmaysiz», deb tuşuntirdi fermer.