Vazirlar Mahkamasining «Yoqilği-energetika tarmoğida tarif siyosatini yanada takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori (.pdf) qabul qilindi. 

Qaror bilan 2035 yilgaça bölgan davrda Özbekiston yoqilği-energetika tarmoğidagi tarif siyosatining asosiy yönalişlari tasdiqlandi. 

Bular:

- iste’molçilarni elektr energiyasi hamda tabiiy gazdan asoslangan, raqobatli va adolatli tariflar böyiça foydalanişini ta’minlaş;

- yoqilği-energetika tarmoğining moliyaviy barqarorligi va investitsiya jozibadorligini ta’minlaş;

- işlab çiqariş quvvatlarini, jumladan, DXŞ şartlari asosida kengaytiriş, modernizatsiya va diversifikatsiya qiliş, işlab çiqariş faoliyati samaradorligini ta’minlaş, işlab çiqariladigan mahsulotlar va körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaş;

- tariflarni belgilaşda takror subsidiyalaş amaliyotini bosqiçma-bosqiç bekor qiliş va manzilli subsidiyalar beriş orqali aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilişni ta’minlaş;

- yoqilği-energetika tarmoğida şaffof, izçil va oldindan taxmin qiliş imkoniyatini beruvçi tartibga solişni örnatiş, şu jumladan, investorlar uçun tartibga soliş tavakkalçiligini kamaytiriş maqsadida tariflarni uzoq muddatga belgilaş amaliyotini bosqiçma-bosqiç joriy qiliş;

- respublikaning barça hududlarida 2035 yilga qadar aholiga elektr energiyasi va tabiiy gaz yagona narx siyosati asosida sotilişini ta’minlaş. 

Şuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- Elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tariflarni şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizom;

- Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining tarkibi;

- Idoralararo tarif komissiyasi töğrisidagi nizom. 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2025 yil 1 apreldan kuçga kiradi.