Saida Yoqubova

Özbekistonda 2023 yildan milliy kliring markazi iş boşlagan edi. Prezidentining 291-son qaroriga asosan, kliring markazining vazifa va funksiyalari ham belgilandi. Qariyb bir yildan beri faoliyat yuritayotgan kliring markazi tijorat banklariga valuta operatsiyalarini osonlaştiriş va ularning valuta risklarini kamaytirişda kömaklaşmoqda.

Xöş, bu institut qanday işlaydi? Valuta birjasi Hisob-kliring palatasi boşliği Saida Yoqubova Kun.uz'ga bergan intervyusida bu haqda batafsil ma’lumot berdi.

Birja haqida qisqaça

— Avvalo, birja infratuzilmasi haqida töxtalsam. Birja bu oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini taşkil etuvçi taşkilotdir. Ya’ni turli aktivlar, qimmatli qoğozlar, valutalar, derivativlar va boşqa instrumentlar böyiça oldi-sotdi operatsiyalarini taşkillaştiriş, barça savdo qatnaşçilariga teng va şaffof şaroitlar yaratiş, qulay savdo tizimini taqdim etiş hamda tuzilgan birja bitimlari bajarilişini ta’minlaş uning asosiy funksiyalari hisoblanadi.

Xususan, Özbekiston mustaqillikka erişgan ilk yillardan buyon respublika valuta birjasida turli xorijiy valutalar (AQŞ dollari, yevro, xitoy yuani va Rossiya rubli), valutaviy svop operatsiyalari, davlat qimmatli qoğozlari hamda derivativlar böyiça birja savdolari taşkil etib kelinadi.

Bundan taşqari, bizning birjada banklararo pul bozori, Markaziy bankning depozit va kredit autsionlari taşkil etilgan hamda REPO operatsiyalari ham amalga oşiriladi.

“Kliring qiliş orqali banklarning tranzaksiyalarini kamaytiramiz, işini osonlaştiramiz”

— “Milliy kliring markazi” AJ markazlaşgan kliringni amalga oşirib, Markaziy kontragent funksiyasini bajaradi hamda hisob-kitob banki sifatida faoliyat yuritadi.

Har bitta funksiyani oddiy tilda tuşuntirib berişga harakat qilaman.

Kliringni amalga oşiriş funksiyasi

Kliring (clearing – ingliz tilidan “tozalaş”) amalga oşiriş deyilganda tuzilgan bitimlar böyiça kliring qatnaşçilarining özaro talab-majburiyatlarini aniqlaş hamda hisobga oliş tuşuniladi.