Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Muzaffar Madrahimov Turkiya elçisi Olgan Bekar bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, uçraşuvda tomonlar Özbekiston-Turkiya kun tartibidagi dolzarb masalalarni körib çiqdilar va Özbekiston prezidentining joriy yil 5-6 iyun kunlari Turkiyaga amalga oşirgan rasmiy taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlar ijrosi yuzasidan fikr almaşdilar.

Iqtisodiy diplomatiyani faollaştiriş, xususan, Turkiyaga eksport qilinadigan Özbekiston mahsulotlari nomenklaturasini kengaytiriş, şuningdek, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.