Tojikiston «Şanxay hamkorlik taşkilotiga a’zo davlatlarning energetika sohasidagi hamkorligini 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi»ni tasdiqladi. Ekspertlar bu Tojikistonning Markaziy Osiyoning yagona energetika halqasiga qaytişini anglatadi, deb xulosa qilmoqda.

Tojikiston uzoq vaqtdan beri yagona energetika tizimiga qaytişga tayyorgarlik körayotgan edi. Mintaqaning yagona tizimiga qaytiş uçun Osiyo taraqqiyot banki 2018 yil oxirida Tojikistonga 35 million dollar miqdorida grant ajratdi. Bu işlar tomonlar örtasidagi kelişuvga köra, 2022 yilda yakunlanişi kerak edi.

Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi Sovet Ittifoqi davrida (1960 yilda), mintaqadagi barça mamlakatlar bir davlat tarkibida bölgan paytda taşkil qilingan. Tizim Toşkentdagi Muvofiqlaştiruvçi-dispetçerlik markazi tomonidan boşqarilib, suğoriş davrida elektr energiyasiga bölgan talab va suvga bölgan ehtiyojning mavsumiy tebranişlarini muvozanatlaş imkonini bergan.

Tojikiston va Qirğiziston sovuq mavsumda öz havzalarida suv saqlagan va Özbekiston, Qozoğiston va Turkmanistondan elektr va energiya resurslarini (kömir va tabiiy gaz) olgan. Yoz kelgaç Tojikiston va Qirğiziston qişda töplangan suvni qişloq xöjaligi ekinlarini suğoriş uçun bu mamlakatlarga bergan. Şuningdek, yozda Tojikiston va Qirğiziston qöşni davlatlarga ortiqça hajmda işlab çiqarilgan elektr energiyasini yetkazgan.

SSSR parçalanganidan keyin tizim bir neça yil işladi, keyinçalik davlatlar birin-ketin halqani tark eta boşladi. Ammo, amalda ma’lum böldiki, yagona energiya halqasini tark etiş har bir Markaziy Osiyo respublikasi uçun foydasiz bölib çiqdi, bu esa mintaqada doimiy ravişda ösib borayotgan elektr energiyasi iste’moli va eskirgan energetika infratuzilmasi bilan boğliq edi. Şu bois 2014 yilda Markaziy Osiyo davlatlari energiya halqasini tiklaş işlarini boşlab yubordi.

2019 yilda energetika sohasidagi islohotlar va yagona elektr energiyasi bozorini yaratiş sohasida mintaqaviy hamkorlik töğrisida qöşma deklaratsiya imzolandi. 2021 yil oxirida Tojikiston tomonidan yagona energetika tizimiga qaytiş qarori qabul qilindi.