Urganç xalqaro aeroporti uçiş-qöniş yölagini kapital ta’mirlaş işlari boşlanişi munosabati bilan yopiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Qayd qilinişiça, ta’mirlaş işlari 20 iyul Toşkent vaqti bilan soat 00:01 dan boşlanadi va 7 avgust 23:59 gaça davom etadi.

Rekonstruksiya davrida barça rejalaştirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yönaltiriladi, yölovçilar Nukus va Urganç aeroportlari örtasida transferlar bilan ta’minlanadi. Parvozlar haqida qöşimça ma’lumot oliş uçun aviakompaniyalarga murojaat qiliş tavsiya etiladi.

Ta’mirlaş jarayonida uzunligi 3000 m va eni 16 m bölgan uçiş-qöniş yölagi yuzasini butunlay almaştiriş va mustahkamlaş rejalaştirilgan. Şuningdek, ikkinçi va uçinçi yuriş yölaklari kapital ta’mirlanadi.

Ta’mirlaş işlari yakunlangaç, aeroport Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni çeklovlarsiz qabul qila oladi.

Urganç şahridagi uçiş-qöniş yölagini kapital rekonstruksiya qiliş oxirgi marta 1997 yilda, şikastlangan qismlarini qisman ta’mirlaş esa 2018 yilda amalga oşirilgan edi.