Bişimbayev xotini Saltanat Nukenovani öldirganlikda aybdor deb topilib, 13 may kuni 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, şundan keyin hukm ustidan şikoyat bergan edi. Uning advokati endilikda Oliy sudga şikoyat kiritilişini bildirdi.

Apellyatsiya sudi sobiq vazirdan taşqari, uning qarindoşi Baxitjon Boyjonovga berilgan jazoni ham özgarişsiz qoldirdi. Boyjonov öta oğir jinoyatni yaşirişda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2016 yil may–dekabr oylarida Qozoğiston Milliy iqtisodiyot vazirligini boşqargan Quvondiq Bişimbayev Ostonadagi “Gastrosentr” majmuasida xotinini kaltaklab öldirganlikda gumonlanib 2023 yil noyabrda hibsga olingan edi. Oradan 2 kun ötib, “Gastrosentr” direktori Baxitjon Boyjonov ham qamoqqa olingan.

Bu jinoyat Qozoğistonda katta rezonansga sabab böldi va uning fonida mamlakatda oiladagi zöravonlikka qarşi çoralarni kuçaytiriş böyiça yangi qonun qabul qilindi.

Ma’lumot uçun, Bişimbayev bundan avval korrupsion jinoyat uçun ham sudlangan. U 2018 yil mart oyida pora olişda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Lekin 2019 yil fevralida u davlat rahbari tomonidan afv etilib, öşa yilning oktyabrida muddatidan oldin şartli ozodlikka çiqarilgan.