Boş prokuratura huzuridagi departamentning Yangi Namangan tuman bölimi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.

Unda, F-R. MÇJ rahbari X.R. “Ma’naviyat” MFY hududidagi işlab çiqariş sexining elektr hisoblagiçiga taşqi ta’sir ötkazib, tijorat maqsadida jami 647,6 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Şu kabi, departamentning Yangiyöl tuman bölimi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

“Yo.Ş.” fermer xöjaligi rahbari K.Yo. 2 dona suv nasosini umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, jami 118,1 mln sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.