Xalq deputatlari Toşkent şahri kengaşining 29 sentabrda qabul qilingan qarori bilan şahar obodonlaştiriş boş boşqarmasi tasarrufidagi taşkilotlar hamda tuman obodonlaştiriş boşqarmalariga mavsumiy gul köçatlarini ekiş işlari bilan boğliq xarajatlar uçun 10 mlrd söm ajratildi.

Qayd etilişiça, mablağ respublika budjetining 2025 yil birinçi çoragi yakunlari böyiça daromadlar rejasining oşirib bajarilişidan mahalliy budjetga ötkazilgan qism hisobidan yönaltiriladi.

Bunda mablağning 1,82 milliard sömi turli obodonlaştiriş boşqarmalariga, 8,18 milliard söm esa tuman kesimida taqsimlandi.

Boşqarmalar kesimida eng katta mablağ — 815 million söm markaziy maydonlarni obodonlaştiriş boşqarmasiga ajratildi. Alohida ahamiyatga ega köçalarni obodonlaştiriş boşqarmasi 748 million, Hukumat obektlariga xizmat körsatiş boşqarmasi 190 million, Fuqarolarga xizmat körsatiş boşqarmasi esa 67 million söm oladi.