Özbekistonning qator hududlarida öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan firibgarlar uşlandi, deb xabar bermoqda Boş prokuratura departamenti axborot xizmati. 

Unga köra, Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Farğona viloyati boşqarmalari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Fuqaro I.O. fuqaro Ş.Yu.ning işonçiga kirib, unga tanişlari yordamida qöşni Qirğizistondagi oliygohlarda öqiganlik haqida soxta hujjat tayyorlab,  uning öqişini Namangan viloyatidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasiga köçirib beriş evaziga 4 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Qörğontepa tuman bölimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar P.X. va X.A. oldindan özaro oldindan til biriktirib, fuqaro A.T.ning işonçiga kirib, uni 4 000 AQŞ dollari evaziga yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida Jizzax davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişlarini aytib, oldindan 2 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Departamentning Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro A.U. fuqaro G.U.ning işonçiga kirib, unga qöşni Qozoğiston Respublikasidagi institutda öqiyotgani töğrisida hujjatlarni tayyorlab beriş orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 14 million sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.