Joriy yil 30 iyun-1 iyul kunlari kutilayotgan yomğirlar yoğişi sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
“Özgidromet” xabariga köra, quyidagi hududlarda sel-suv toşqini kuzatilişi mumkin:
🔹Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrabot tumanlarida;
🔹Toşkent viloyati: Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
🔹Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
🔹Farğona viloyati: Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;
🔹Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralarini köriş söralgan.
Respublikaning Surxondaryo, Toşkent viloyatlari va Farğona vodiysi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.







