
Filippinning Agusan botqoqliklarida joylaşgan Manobo mahalliy jamoasi suv toşqinlari, suv sathining kötarilişi va tayfunlarga bardoş bera oladigan suzuvçi uylarda yaşaydi. Ularning uylari bundan 60 yilça oldin qurilgan. Hozir Manobo qabilasi deyarli har kuni iqlim özgarişi oqibati bilan kuraşişiga töğri kelyapti. Hududda suv sathi 10 metrgaça özgarişi mumkin. Jarayon tartibsiz bölgani uçun ham uni oldindan aytişning iloji yöq. Bu yerda iyun oyida suv toşqini mavsumi boşlangan. Hududda butun yil davomida böronlar va tayfunlarning soni keskin oşgan. Ammo Manobo qabilasi hayotini toşqinlarda yaşaşga moslaştirib olgan. Ular böronlar vaqtida uylarni bir-biriga arqonlar yordamida boğlaydi. Arqon uy atrofi va ostidagi daraxt xodalariga mahkamlanadi.


Aholining aytişiça, uylar doimiy suv toşqinlari paytida suvga tölgan. Vaqt ötib, ularning ajdodlari tabiiy bambuklardan suzib yuradigan uylar yasagan. Uylar toşqinlar vaqtida harakatlanib, özini asrab qoladi. “Bu tajribani örganiş qiyin bölsa ham uni bilib olişga majburmiz. Biz uçun toşqinlar heç qaçon muammo bölmagan. Har qanday yuqori toşqinda ham uylarimiz biz uçun qulay”, – deydi mahalliy aholi vakili.


Manobo jamiyati yetakçilaridan biri keksa Marites Babanto suv-botqoqlar hajmi oldingidek emasligi, ular qisqarganini aytadi. “Bolaligimda Agusan botqoğida juda köp suv bölganini eslayman. Oila qurganimdan beri iqlim özgarişi tufayli juda köp özgarişlar böldi. Botqoq qurib, böronlar kuçayib, atrof-muhitimizni özgartirdi”, – deydi u.
Agusan Marş qöriqlanadigan hudud boşliği Şerrilin Vaskesning sözlariga köra, iqlim özgarişining nazorat qiliş juda qiyin bölgan jihati botqoq ötlarining tez ösib ketişidir. “Bu ta’sir jamiyatga oğir böldi. Çunki suvli kunlar kamaygan. Ba’zida u yerga qayiqda boriş qiyin bölardi va jamoalarning özlari, ayniqsa mahalliy aholi qiynalmoqda. Bu ularning kundalik baliq oviga ta’sir qiladi. Toşqinlar vaqtida suv toza böladi, biz baliqlarni ğamlab olamiz
















