Rasmiy taşrif bilan Özbekistonda bölib turgan BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uçraşdi.
Qayd etilişiça, suhbat davomida BMT bilan Özbekistonning global hamkorligi va Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirişdagi faol iştirokiga töxtalib ötilgan.

Boş kotib Özbekistonning Markaziy Osiyo davlatlarini birlaştiriş yölidagi taşabbusi va sa’y-harakatlarini e’tirof etgan. Şuningdek, mamlakatda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, taşqi siyosatdagi oçiqlik, xususan, ijtimoiy himoya hamda gender tengligi masalalaridagi islohotlarni yuqori baholagan.

Suhbatda ekologiya, iqlim özgarişi, munosib mehnat tamoyillari, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş masalalari yuzasidan ham fikr almaşilgan. Şuningdek, BMT tomonidan ilgari surilayotgan taraqqiyot dasturlarini joriy etişda parlamentlarning faolligini oşiriş borasidagi muhim vazifalar ham körib çiqilgan.

Oldinroq Antoniu Guterriş rasmiy taşrif bilan Özbekistonga kelgani, taşrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar ötkazilişi, qator sanoat va ijtimoiy soha obektlarini ham borib köriş rejalaştirilgani xabar qilingandi.









