BMT Boş kotibi lavozimiga körsatilgan yetti nomzodning heç biri Xavfsizlik Kengaşining veto huquqiga ega barça doimiy aʼzolari qöllab-quvvatloviga erişmadi, deb xabar berdi Associated Press öz manbalariga tayanib.

Agentlikning qayd etişiça, Antoniu Guterrişning örnini egallaydigan bölajak boş kotibni tanlaş jarayonida iştirok etayotgan AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya hozirgi nomzodlarning heç birini qöllab-quvvatlamasa, ularning örniga yangi nomzodlar körsatilişi mumkin.

BMTning savdo bölinmasi rahbari, kosta-rikalik Rebeka Grinspan, Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari, argentinalik Rafael Grossi hamda Gayananing BMTdagi doimiy vakili Kerolin Rodriges-Birkett yangi boş kotib lavozimiga asosiy daʼvogarlar hisoblanadi. Agentlik xabariga köra, ularning har biriga Xavfsizlik Kengaşining ikki nafar doimiy aʼzosi qarşi çiqqan.

Xabarda aytilişiça, oxirgi bir neça hafta davomida AQŞ maʼmuriyati vakillari nomzodlarning heç biri «ideal» emasligiga işora qilgan. Vaşington taşkilotni tubdan isloh qilişga, şuningdek, BMTning qator tuzilmalaridan çiqişga yoki çiqişni rejalaştirişga eʼtibor qaratgan.

Ammo şunga qaramasdan, AQŞ rasmiylari Vaşington nomzodlardan birini qöllab-quvvatlaşi mumkinligini istisno etmayapti. AP manbalariga köra, AQŞning pozitsiyasi yaqin kunlarda aniq böladi.

AQŞning BMTdagi doimiy vakili Mayk Uolts taşkilotga BMTni tinçlik va xavfsizlikni taʼminlaşdek dastlabki maqsadiga qaytarişga qodir bölgan «kuçli va faol rahbariyat» zarurligini taʼkidladi.

«Bu taşkilot 80 yil davomida hamma uçun hamma narsa bölişga urindi. Biz uni, taʼbir joiz bölsa, parhezga ötqizdik - parhezdan keyin barçamizning ahvolimiz biroz yaxşilandi. Endi esa uni yana tinçlik va xavfsizlik masalalariga yönaltirişimiz kerak», - dedi Uolts.

Anʼanaga köra, BMT boş kotibi lavozimi navbatma-navbat turli mintaqalar vakillariga ötadi va hozir navbat Lotin Amerikasiga kelgan, deb yozadi AP.

Agentlikning yozişiça, kelasi hafta dastlabki sörovning keyingi bosqiçi bölib ötadi. Şu bilan birga, Uolts va Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya yangi nomzodlar paydo bölişi mumkinligini ham istisno etmadi.