Samarqand şahridagi mahallalardan birida yuz bergan yonğinda beşta xonadon zarar körgan. Bu haqda jurnalist Toşpölat Rahmatullayev özining Feysbukdagi sahifasida xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, hodisa 2024 yil 27 iyun kuni Samarqand şahridagi Xalqobod mahallasida sodir bölgan. Jizzax köçasi 2-yölak 11-uydan boşlangan yonğin qöşni xonadonlarga ham ötib ketgan.
Oqibatda öt çiqqan xonadon va undagi barça narsa hamda buyumlar batamom yonib ketgan. Oila a’zolari hatto öz hujjatlarini ham olişga ulgurmagan. Unga tutaş bölgan xonadonlarda ham bino tomlari va uy şiftlari yongan.
Xabarda aytilişiça, yonğin sodir bölganda uni öçirişda mahalla ahli yordam bergan. Olov öçirilgandan söng yonğin qoldiqlarini tozalaşgan. Şuningdek, mahalladoşlar yonğindan aziyat çekkan xonadonlarga yordam berişga va’da bergan.

Toşpölat Rahmatullayev yonğindan zarar körgan xonadonlarga mahalla ahli körsatayotgan yordam yetarli bölmasligini aytib, odamlarni savob iş qilişga va jabrlanuvçilarga kömak berişga çaqirgan.
Hodisa haqida mutasaddi taşkilotlar tomonidan heç qayerda rasmiy ma’lumot berilmadi.
Avvalroq, Samarqand şahridagi Xoja Doniyor mahallasida yonğin yuz bergan va unda 13 ta xonadon zarar körgan edi. Öşanda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov yonğinda zarar körgan xonadonlarni borib körgan va ularga yordam berilgandi.








