Guliston şahrida firibgarlik yöli bilan tadbirkorning 90 mln sömini qölga kiritgan elektr tarmoqlari korxonasi boşliği uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Guliston şahar bölimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Guliston şahar elektr tarmoqlari korxonasi boşliği D.N. şahar elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi vazifasida işlagan davrida “G.S.K.” MÇJning elektr ta’minotidan 202,5 mln söm qarzdorligini kamaytirib berişi evaziga MÇJ nazoratçisi A.G.dan 90 mln söm mablağni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani aniqlangan.
U uşbu pullar hisobidan 3 mln sömni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.








