Şavkat Mirziyov Qozoğistonga taşrif bilan boradi, tungi vaqtdagi şovqinlar uçun jarimalar miqdori oşirilmoqda, budjet defitsiti oşib bormoqda va uçta tumanda hokim örinbosarlari pora bilan uşlandi — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga boradi
Özbekiston prezidenti Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etadi.
Mirziyoyev Qozoğiston Respublikasi prezidenti Qosim-Jömart Töqayev taklifiga binoan Şanxay hamkorlik taşkiloti davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi va "ŞHT plyus" formatidagi uçraşuvda iştirok etiş uçun 3–4 iyul kunlari amaliy taşrif bilan Ostona şahrida böladi.
Sammit kun tartibidan ŞHT doirasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantiriş va taşkilot faoliyatini takomillaştirişning dolzarb masalalari örin olgan. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ham körib çiqiladi.
Yiğiliş yakunida Ostona deklaratsiyasi hamda iqtisodiyot, xavfsizlik, ekologiya, energetika, turizm va boşqa köplab yönalişlarda şeriklikni kengaytiriş böyiça hujjatlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
Tundagi şovqinlar uçun jarimalar oşirilmoqda
Özbekistonda tunda fuqarolar osoyiştaligini buzganlik uçun ma’muriy javobgarlik kuçaytirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida aholini şovqinning zararli ta’siridan himoya qilişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi körib çiqildi. Hujjat bilan bilan fuqarolar osoyiştaligi va normal dam olişini buzadigan harakatlarning qat’iy röyxati tasdiqlanmoqda.
Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzadigan harakatlarning qat’iy röyxati tasdiqlanmoqda. Şuningdek fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzişga yöl qöyilmaydigan vaqtlar oraliği belgilanmoqda.
Tungi vaqtda — sutkaning soat 23:00 dan 6:00 gaça bölgan vaqt oraliğida, şuningdek dam oliş kunlari va qonunçilik bilan belgilangan işlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 9:00 gaça vaqt oraliğida — fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzganlik uçun ma’muriy javobgarlikni kuçaytiriş taklif etilmoqda.
Bunga köra, fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilab qöyilmoqda. Ayni paytda mazkur huquqbuzarliklar uçun jarimalar miqdori fuqarolarga 113 ming söm, mansabdor şaxslarga esa 113 ming sömdan 226 ming sömgaça bölgan miqdorni taşkil etadi.
Budjet defitsiti oşib bormoqda
2024 yilning birinçi yarmida davlat budjeti daromadlari 115,8 trln söm, xarajatlari esa 149,8 trln sömni taşkil etib, taqçillik 34 trln sömga yetgan. Bu – bir yil oldingi körsatkiçdan qariyb 27 foizga köp.
Birgina iyun oyida davlat budjeti daromadlari – 23 trln 233,4 mlrd söm, xarajatlari esa 27 trln 879,9 mlrd söm bölgan. Salbiy farq – 4 trln 646,5 mlrd sömni taşkil etgan.
Umumiy hisobda ötgan olti oylikdagi davlat budjeti taqçilligi 34 trln 49 mlrd sömni taşkil qilgan. Taqqoslaş uçun, ötgan 2023 yilning birinçi yarim yilligida davlat budjeti defitsiti 26,8 trln söm bölgan.
Uçta tumanda hokim örinbosarlari pora bilan uşlandi
Qoraqalpoğistonning Taxiatoş va Toşkent viloyatining Böka tumanlari hokimlarining quriliş, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosarlari, Andijon viloyati Böston tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari tezkor tadbirlarda pora bilan qölga olindi. Ularning barçasiga qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Taxiatoş tumani hokimi örinbosari hokimlik balansida bölgan va rejaviy buzilişga tuşgan uyni mahalliy fuqaroga buziş işlarini olib boriş hamda buziş davomida çiqqan materiallardan öz xohişiga köra foydalaniş (sotiş) vakolatini beruvçi hujjatlarni rasmiylaştirib berişi evaziga 35 million söm talab qilgan. Tezkor tadbirda hokim örinbosari söralgan pul mablağidan 32 mln sömni özining xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Böston tumani hokimining örinbosari tuman hokimining ekin maydonlarini joylaştiriş töğrisidagi qarorini çiqartirib, uni kavrak ösimligi yetiştirmoqçi bölgan tadbirkorga 3 yilga foydalanişga beriş evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida qölga tuşgan.
Böka tuman hokimi örinbosari 2022 yilda qurilgan köp qavatli uy uçun «Qurilişi tugallangan obektni foydalanişga qabul qiliş töğrisida davlat qabul qiliş dalolatnomasi»ni tasdiqlatib beriş evaziga 1200 dollar olgan vaqtida uşlangan.










