2024 yilning birinchi yarmida davlat budjeti defitsiti 34 trln so‘mdan oshdi
Joriy yilning 6 oyida davlat budjeti daromadlari 115,8 trln so‘m, xarajatlari esa 149,8 trln so‘mni tashkil etib, taqchillik 34 trln so‘mga yetgan. Bu – bir yil oldingi ko‘rsatkichdan qariyb 27 foizga ko‘p.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida davlat budjeti daromadlari – 16 trln 159,9 mlrd so‘mni, xarajatlari esa – 21 trln 926,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Budjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq 5 trln 766,8 mlrd so‘m.
Fevral oyida davlat budjeti daromadlari – 16 trln 908,9 mlrd so‘m, xarajatlari esa – 24 trln 137,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 7 trln 228,1 mlrd so‘m.
Mart oyida davlat budjeti daromadlari – 17 trln 457,2 mlrd so‘m, xarajatlari esa 24 trln 307,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 6 trln 850 mlrd so‘m.
Aprel oyida davlat budjeti daromadlari – 19 trln 286,1 mlrd so‘m, xarajatlari esa 25 trln 27,2 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 5 trln 741,1 mlrd so‘m.
May oyida davlat budjeti daromadlari – 22 trln 749 mlrd so‘m, xarajatlari esa 26 trln 565,2 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 3 trln 816,2 mlrd so‘m.
Iyun oyida davlat budjeti daromadlari – 23 trln 233,4 mlrd so‘m, xarajatlari esa 27 trln 879,9 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 4 trln 646,5 mlrd so‘m.
Umumiy hisobda o‘tgan olti oylikdagi davlat budjeti taqchilligi 34 trln 49 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan 2023 yilning birinchi yarim yilligida davlat budjeti defitsiti 26,8 trln so‘m bo‘lgan.
Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobotlar hali e’lon qilinmadi.
2024 yil uchun davlat budjeti haqidagi qonunga ko‘ra, davlat budjeti daromadlari 270,4 trln so‘m, xarajatlari esa 280,7 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan.
Konsolidatsiyalashgan budjet (davlat budjetidan tashqari, davlat maqsadli jamg‘armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarini ham o‘z ichiga oladi) defitsiti 52,6 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 4 foiz darajasida chegaralangan.
Mavzuga oid
12:27
Bir qator yirik soliq to‘lovchilarning davlat budjetidagi ulushi qisqaradi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
14:37 / 18.11.2024
Budjet xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayapti - prezident
19:18 / 05.11.2024