Qozoğistonlik muxolifatçi faol va jurnalist, iyun oyi örtalarida suiqasdga uçragan Aydos Sadikov Kiyevda vafot etdi, bu haqda uning rafiqasi Natalya Sadikova feysbuk orqali ma’lum qilgan.

«Aydos Sadikov Kiyev vaqti bilan soat 03:00 da bizni tark etdi. Mening suyukli turmuş örtoğim, uç farzandimiz otasi, qozoq xalqining buyuk öğloni. Aydos butun hayotini Qozoğistonga bağişladi, yollanma qotillar qölidan azobli ölim topdi», — deya yozgan ayol.

18 iyun kuni jurnalistga Kiyevning Şevçenkovo rayonida suiqasd uyuştirilgandi, bu vaqtda Sadikov rafiqasi bilan birgalikda maşinada bölişgan. Suiqasdni sodir etişda Qozoğiston fuqarolari Altay Jakanbayev va Meyram Karatayev gumonlanmoqda. Tergov versiyasiga köra, ulardan ikkinçisi suiqasd kuni Sadikov rafiqasi bilan birga ötirgan maşinaga yaqinlaşib, ovozpasaytirgiç örnatilgan töpponçadan uning boşiga qarata öq uzgan.

Sadikov öta oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgandi. U 13 kun davomida jonlantiriş bölimida qolgan. Uning turmuş örtoğiga ziyon yetmagan.

Ukraina boş prokuraturasi jurnalistga suiqasdda gumonlanayotgan Qozoğistonning ikki fuqarosi Kiyevga Polşadan kirib kelganini ma’lum qilgan. Ulardan biri ukrain politsiyasiga taslim bölgan. Ikkinçisi Moldovaga ötib ketgan, unga xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Sadikov rafiqasi bilan Kiyevda qoçqin maqomida 2014 yildan buyon yaşab kelgan. Jurnalistga öz vatanida jinoiy iş oçilgan — uning özi bu siyosiy motivga ega bölganini aytgan.

«Base» telegram-kanalida va şu nomdagi YouTube-kanalda (milliondan ortiq obunaçisi bor) jurnalist Qozoğiston hukumati tanqid qilingan materiallar e’lon qilgan, ularda jurnalist mamlakat rasmiylarini «Rossiyaga işlaş»da ayblagan.

U roliklardan birida Qozoğiston prezidentini «Rossiya josuslari ta’siridagi qöğirçoq» deb ataydi.

2023 yil kuzida Sadikov va uning rafiqasi Qozoğistonda nafrat qözğatişda ayblanib, qidiruvga berilgandi.

Qozoğiston boş prokuraturasi suiqasddan keyin ikkinçi gumonlanuvçi qidirilayotgani haqida xabar bergan — bunday topşiriq mamlakat prezidenti Qosim-Jömart Toqayev tomonidan berilgan.

Sadikovaning yozişiça, gumonlanuvçilardan biri — politsiya xodimi, Qozoğiston IIV aniqlik kiritişiça, bu şaxs içki işlar organlaridan 2019 yil yanvarida böşatilgandi.