Toşkent viloyatining Qozoğiston bilan çegara hududida noqonuniy yerosti yöli aniqlandi.
DXX xodimlari tomonidan Çegara qöşinlari va «Toşkent-Aero» IBK harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazildi. Unda Hindistondan Qozoğiston orqali mamlakatimizga katta miqdordagi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib keliş bilan şuğullangan transçegaraviy jinoiy guruh faoliyati foş etilgan.
Xususan, jinoiy guruh tomonidan navbatdagi dori vositalari «Dehli-Toşkent-Olmaota» aviayönalişi orqali tranzit tarzda «Olmaota» xalqaro aeroportiga olib kelinib, Qozoğistonning Turkiston viloyati Sariyoğoç tumani «Döstlik» aholi yaşaş punktiga yetkazilgan va yaşirin yerosti yöli orqali Toşkent viloyatining Toşkent tumani «Örikzor» MFY hududiga ötkazilgan.
Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolaridan jami 1 mlrd 94 mln 342 ming sömlik, Hindistonda işlab çiqarilgan Albumin, Remdesivir, Meropenem kabi jami 107 nomdagi 17048 dona dori vositalari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Qayd etilişiça, 1975 yilda tuğilgan fuqaroning Toşkent tumani «Örikzor» MFYdagi uyini Qozoğistonning Sariyoğoç tumani «Döstlik» aholi yaşaş punkti bilan boğlovçi yerosti yölining uzunligi 310 metrni taşkil etadi. Yerosti yöli havo ventilyatsiyasi, yoritiş tizimi, yuklarni taşişga möljallangan aravalar va arqonlar bilan jihozlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoiy guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.








