KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqilgan bankni rivojlantiriş strategiyasida kelgusi 3 yildagi istiqbolli vazifalar va asosiy maqsadlar belgilab olingan. Xususan, 2026 yilgaça «Biznesni rivojlantiriş banki» aktivlari 2,3 baravarga oşirilib, bugungi 27 trln. sömdan 62 trln. sömga, kapital böyiça 3,2 trln. sömdan 7,1 trln. sömga yetkazilişi közda tutilmoqda.

Mijozlarga eng qulay hamda foydali şartlarda mahsulotlarning taqdim etilişi natijasida bankning kredit portfeli 25 trln. sömga yoki 2,1 barobarga oşirilib, 46,8 trln. sömga va depozitlar hajmi 12,2 trln. sömga yoki 2,3 barobarga oşirilib, 21,6 trln. sömga yetkaziladi.

Kiçik biznes vakillari bölgan mijozlar sonini 115 mingtagaça oşirib, bozorning 17,7 foizini hamda çakana biznes mijozlari sonini 2,5 mln. tagaça oşirib, bozorning 16,7 foizini egallaş belgilab olingan.

Mijozlarning 75 foizini onlaynga ötkazib, ularni faol mobil ilova va internet-banking foydalanuvçilariga aylantiriş rejalaştirilgan.

Bankni 2024-2026 yillarga möljallangan rivojlantiriş strategiyasida közda tutilgan maqsadlarga erişiş uçun 250 dan ortiq taşabbuslar işlab çiqilgan. Bunda 27 ta taşabbus axborot texnologiyalarini rivojlantirişga, 48 tasi inson kapitalini rivojlantirişga hamda 83 tasi biznesni rivojlantirişga qaratilgan.

Şundan 39 ta taşabbus kiçik biznes yönalişida, 44 tasi esa çakana biznes yönalişida amalga oşiriladi.

Anjumanda mas’ullarning ta’kidlaşiça, bank uçun biznes yönalişida xizmatlarning soddaligi, ommabopligi va tezkorligi muhim mezon etib belgilandi. 

«Biznesni rivojlantiriş banki» ATB kelgusida yangi iş örinlari yaratiş, aholi daromadlarini oşiriş va eksportni ta’minlaşga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalaştirişda faol iştirok etadi. Şuningdek, zamonaviy bank xizmatlarini taqdim qiliş orqali moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlaşga intiladi.