Prezidentning “Maktabgaça va maktab ta’limi sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, Maktabgaça ta’lim agentligi faoliyati tugatildi hamda uning taşkiliy tuzilmasidagi taşkilotlar Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga ötkazildi.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga quyidagi qöşimça funksiyalar yuklatilmoqda:
- ilğor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgaça yoşdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantiriş uçun şart-şaroitlar yaratiş;
- maktabgaça ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali şakllari hamda usullarini joriy etiş;
- maktabgaça ta’limning öquv reja, dastur va öquv-metodik majmualarini takomillaştiriş, ularning umumiy örta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlaş;
- davlat va nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari orasida soğlom raqobat muhitini yaratiş hisobiga barça bolalarning maktabgaça ta’lim bilan bosqiçma-bosqiç qamrab olinişini ta’minlaş.






