Business Insider naşrining yozişiça, OPEC+ davlatlari tomonidan neft işlab çiqariş hajmi oşmoqda va kamida uç davlat, jumladan, Qozoğiston ham qazib oliş böyiça kvotalarga amal qilmayapti. Narxlarning ösişi talab oşgani tufayli yuz bergan, biroq neft qazib oliş hajmining oşişi barqaror narxlarni savol ostida qoldiradi. Qozoğistondan taşqari neft bozorini «töyintirayotgan» boş qoidabuzarlar Iroq va Rossiyadir.

«OPEC qoidabuzarlarga 2025 yilning sentabrigaça sönggi oylarda ortiqçi işlab çiqarilgan neftni kompensatsiya qiliş uçun muddat bergan. Biroq, kompensatsiya u yoqda tursin, Iroq va Qozoğiston özlari uçun belgilangan kvotalarga muvofiq ravişda qazib olişni pasaytirganining biror alomati közga taşlanmayapti», — deya qayd etadi OilPrice.com şarhlovçisi Tsvetana Paraskova.

Tahlilçilarning sözlariga köra, Qozoğistonning OPEC+ kvotalariga mos ravişda neft qazib olişni susaytirişni eplolmayotgani yoki istamayotgani bozorga «ayiqçasiga» signal berişi mumkin. Jönroq qilib aytganda, uglevodorodlarning narxi ortiqça işlab çiqariş tufayli yana pastga qarab şönğişi mumkin. OPEC+ kvotalari esa neft narxini eng foydali darajada uşlab turiş uçun öylab topilgan.

«2020-2021 yillarda Iroq va Qozoğiston kvotada közda tutilganidan ortiq neft qazib olişgan va ortiqça işlab çiqarişni kompensatsiya qiliş böyiça vazifani barbod qilişgan edi», deb eslatadi Business Insider.

Bu yil ham Qozoğiston allaqaçon öz kvotasidan oşib ketgan — sutkasiga 389 ming barrel. Tahlilçilarning baholaşlariga köra, hozirça mamlakat neft qazib olişni kamaytiriş böyiça çoralar körmagan. Garçi neft narxining qulaşiga olib keluvçi asosiy muammo Iroq tomonidan ulkan hajmda ortiqça neft qazib olinayotgani bölsa ham, Qozoğiston ham öz xatti-harakatlari oqibatlarini öylab körişi kerak böladi.

Iyun oyida Qozoğiston yana bitimlarda közda tutilganidan ortiq neft qazib olgan, garçi mamlakat bungaça işlab çiqarişni qisqartirişga va’da bergan bölsa-da.