Samarqand şahridagi quriliş maydonida daraxatlar kesib taşlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boşqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, Samarqand şahrida quriliş işlarini olib borayotgan “S.Ye.Ş.” MÇJ mas’ullari tomonidan hududdagi 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli turdagi daraxt ildiz qismi bilan qazib taşlab, yöq qilingan. Holat Samarqand viloyati Ekologiya boşqarmasi Ekologik nazorat inspeksiyasi hamda şahar nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat reyd tadbiri davomida aniqlangan.

Hozirda, daraxtlarning yöq qilinişi oqibatida ösimlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblangan. Holatda jinoyat alomatlari bölganligi uçun tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, qonuniy çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan. 

Avvalroq Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida sotiş uçun 5 tup çinorni kesgan 4 kişi qamalgan edi. Sud hukmi bilan ularning ikkitasi 2 yil, ikkitasi 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosiga tortilgandi.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismiga köra, örmonlarni, daraxtlarni yoki boşqa ösimliklarni qonunga xilof ravişda kesiş köp miqdorda zarar yetkazilişiga sabab bölsa, bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgaça majburiy jamoat işlari yoxud 1 yildan 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.