Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan mintaqaviy hamkorlikni kuçaytiriş uçun turkiy davlatlarda umumiy alifboni joriy etişga çaqirdi, deya xabar bermoqda Hurriyet.
“Global qudrat raqobati geografiyamizga kirib kelişiga yöl qöymaslik uçun saflarimizni kuçaytirib, umumiy farovonlik yölida imkoniyatlarimizni işga solişimiz kerak”, – dedi Fidan 6 iyul kuni Ozarboyjonning Şuşa şahrida bölib ötgan Turkiy Davlatlar Taşkiloti (TDT) sammitida.
Turkiy Davlatlar Taşkiloti – Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarboyjon va Turkiyadan iborat.
“Biz imkon qadar tezroq umumiy alifboni joriy etişimiz kerak”, – dedi Turkiya taşqi işlar vaziri.
Hoqon Fidan bu boradagi harakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun Turkiy Davlatlar Taşkiloti doirasida kuçliroq institutsional tuzilma taşkil etişga çaqirdi.
- Ma’lumot uçun, hozirda Turkiya, Ozarboyjon va Özbekiston lotin yozuvi, Qozoğiston va Qirğiziston esa kirill yozuviga asoslangan milliy alifbolaridan foydalanmoqda. Qozoğiston ham lotin yozuviga ötişga qaror qilgan, biroq hozirça muddatlar va yangi alifboning yakuniy talqini tasdiqlanmagan.
Turk diplomatiyasi rahbari Şuşadagi nutqida TDT doirasidagi hamkorlik kölamini kengaytirişga çaqirdi.
“Özaro boğlaniş, energetika, moliya, savdo, mudofaa sanoati va yangi texnologiyalar kabi sohalarda hamkorligimizni yanada çuqurlaştiriş uçun zaruriy kelişuv asoslarini işlab çiqişimiz zarur”, – deya qöşimça qildi u.
Hoqon Fidan global miqyosda turkiy madaniyat va özlik taşabbuslarini qöllaşga ehtiyoj borligini qayd etdi.
“Çegaralarimizdan taşqarida turkiy madaniyat va özlik bayroğini hilpiratadigan birodarlarimizni taşkilotimiz kun tartibiga qöyişimiz kerak”, – dedi Fidan va bu “Bolqon, Şarqiy Yevropa, Yaqin Şarq va dunyoning boşqa qismlarida yaşayotgan vatandoşlarimizning özligini himoya qiliş uçun” kerakligini aytdi.
Turkiya TIV rahbari, şuningdek, TDTning ta’sir doirasini kengaytiriş uçun jahondagi muhim nuqtalarda taşkilotning bölinmalarini oçiş va elçilar tayinlaşni taklif qildi.
Hoqon Fidan öz nutqida Şimoliy Kipr Turk Respublikasi (ŞKTR)ni ham eslab ötdi. Faqat Turkiya tomonidan tan olingan ŞKTR – Turkiy Davlatlar Taşkilotida Vengriya va Turkmaniston bilan birga kuzatuvçi maqomiga ega.








