“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş va böş yer uçastkalaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, qaror bilan quyidagilar tasdiqlangan:

– urbanizatsiya jarayonlarini jadallaştiriş, şaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantiriş hamda aglomeratsiya hududlarini taşkil etişga qaratilgan master-rejalar işlab çiqiladigan tumanlar va şaharlar röyxati;

– aholi va sayyohlar uçun barça qulayliklarga ega turizm maskanlarini taşkil etişga qaratilgan master-rejalar işlab çiqiladigan tumanlar va şaharlar röyxati;

– Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan master-rejalar işlab çiqiladigan tumanlar röyxati.

Aholi ehtiyojidan kelib çiqib köp qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini taşkil qiliş master-rejalarning asosiy yönalişlaridan biri etib belgilangan.

Qayd etilişiça, 2024 yil 1 avgustdan yil yakunigaça belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat körsatiş majmualari va servis obektlarini, jumladan joylaştiriş vositalari, turar joylar, savdo-köngiloçar markazlarini taşkil qiliş uçun master-reja hududidagi yer uçastkalari auksion savdolariga çiqariladi.