The Washington Post naşri tomonidan e’lon qilingan xatda saylovoldi kuraşini tark etmasligining asosiy sabablaridan biri sifatida Bayden ötgan praymeriz natijalarini keltirgan va unda demokratlar tarafdorlari uni qöllaşganiga işora qilgan.

«Demokratik partiya saylovçilari ovoz berişgan. Ular partiyadan nomzod sifatida meni tanlaşgan. Endi biz bu jarayon ahamiyatsiz edi, deymizmi? Saylovçilar ovoz beriş huquqiga ega emasmi?» — deya savol qöygan Bayden.

Özining murojaatnomasida Bayden Tramp ustidan ğalaba qozoniş uçun eng maqbul nomzod ekanligiga «mutlaqo işonçi komil» ekanini, aks holda nomzodini ilgari surmagan bölişini ta’kidlagan. Uning fikriça, buyoğiga qanday harakat qiliş töğrisidagi savol yopilişi kerak.

«Oldimizda turgan vazifaga nisbatan qat’iyatning susayişi yoki aniqlik yöqligi faqat Trampga yordam beradi va bizga zarar keltiradi. Biz uçun birlaşiş vaqti keldi, oldinga yagona partiya sifatida intilib, Donald Tramp ustidan  ğalaba qozonişimiz kerak», — deya fikrlarini yakunlagan Bayden.

Bungaça Vakillar palatasidagi demokratlardan biri Financial Times naşriga şu hafta hal qiluvçi bölişini aytgan edi: 9 iyul kuni Kongressning quyi palatasida demokratlarning yiğilişidan söng Bayden saylovlardan voz keçişini sörab turib oliş masalasiga oydinlik kiritiladi. Naşr ma’lumotlariga köra, bungaça Vakillar palatasining demokratik partiyadan yetti a’zosi — Jyerri Nadler, Adam Smit, Jim Hayms, Mark Takano, Don Beyyer, Jyeymi Raskin va Jo Morell Baydenni saylovdan oliş fikri bilan çiqiş qilişgan edi.

Bu narsa ommaga oşkor bölgaç, Vakillar palatasining razvedka qömitasidagi boş demokrat Hayms X ijtimoiy tarmoğida «Bayden –Harris» juftligini qöllaşini bildirib tvit yozgan. Debatlar barbod bölgaç demokratlar tarafdorlari va partiyadagi ayrim siyosatçilar ulardan Kamala Harris nomzod bölişini yoqlab çiqiş qilişgan.

Demokratlar yakuniy nomzodni avgust oyida bölib ötadigan qurultoy çoğida hal qilişadi. Avvalroq Axios portali AQŞning sobiq prezidenti, Barak Obamadan tortib Kongress yetakçilarigaça köplab demokratlar Baydenning kuraşdan çiqişini istaşayotganini yozgan edi. Amaldagi prezidentning özi esa demokratlar uni qöllab-quvvatlaşlariga işonçi komil ekanini aytgan.