Markaziy Osiyo xalqaro instituti eksperti Turdiqul Bötayarov fikriça, Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli qurilişining töxtab qolişiga mablağ yetmagani, moliyalaştiriş masalalaridagi muhokamalar sabab bölgan. Gigant davlatlarning bunga ta’siri yöq, şu yilning avgust oyidan quriş boşlanadi, deydi u.
Özbekiston va Qirğiz Respublikalarining amaldagi rahbariyati ikki örtadagi çegara va hudud muammolariga deyarli nuqta qöygan. Rasmiy Toşkent Japarov davrida Bişkek bilan til topişa oldi. Qirğiziston prezidentining özi ham davlatlar yer talaşuvidan çarçaganini, nizolarni hal qiliş, muammolarni yeçiş payti kelganini Toşkentga taşrifi çoğida aytgandi. Hozir hukumatlar yana bir muhim loyiha – Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli ustida işlamoqda. 2022 yilning sentabrida bunga start berilgan bölsa-da, hali-hanuz quriliş işlari boşlanmagan.
Ekspert doiralari vakillari temiryöl qurilişining paysalga solinişini Rossiyaning Bişkek vositaçiligidagi ta’siri bilan boğlaydi. Çunki bu temiryöl qurilsa, savdo ortidan mintaqada Xitoyning ta’siri ortib ketiş ehtimoli yuqori.
9 iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Özbekiston va Qirğiziston aloqalariga bağişlangan konferensiyada ham bu asosiy mavzulardan böldi. Unda qatnaşgan ekspert Turdiqul Bötayarov fikriça, rasmiy Bişkek moliyalaştiriş masalalarini jiddiy öyladi. Qarz olişni istamadi. Jarayonning töxtatilişiga Rossiya ta’siri omilini esa siyosatşunos “eski paytning gapi” deya baholadi.






