Joriy yilning 13-16 iyul kunlari kutilayotgan kuçli yomğirlar yoğişi sababli respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Bu haqda Özgidromet agentligi direktori Şerzod Habibullayev ogohlantirdi.
Özgidromet xabariga köra, quyidagi hududlarda sel-suv toşqinlari yuzaga kelişi mumkin:
- Qaşqadaryo viloyati — Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrabot tumanlarida;
- Toşkent viloyati — Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;
- Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;
- Farğona viloyati — Söx, Farğona, Beşariq tumanlarida va Şohimardon hududida;
- Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida.
Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlik çoralarini körişlari söralmoqda.
Şuningdek, respublika hududi böyiça yomğir suvlari töplanişi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosişiga olib kelişi mumkin.








