Idoradagilar bu talabni Rossiya milliy hisob depozitariysi (MHD)ga nisbatan AQŞning bloklovçi sanksiyasi joriy etilgani bilan tuşuntirgan.
AQŞ Moliya vazirligining xorijiy aktivlar ustidan nazorat boşqarmasi (OFAC)ning Moskva birjasi va uning tuzilmalari, jumladan, MHD bilan operatsiyalarni yakunlaş töğrisidagi boş litsenziyasi 13 avgustgaça amalda böladi. Biroq Qozoğistondan Rossiya qoğozlarini olib çiqişning sönggi muddati 10 avgust qilib belgilangan. Bunga sabab Qozoğiston markaziy depozitariysi mijozlardan yöriqnomalarni qabul qiliş va qayta işlaşi uçun biroz vaqt talab etiladi.
Gap “RU” ISINlariga ega, hisobi MHD tomonidan yuritiladigan bir qator qimmatbaho qoğozlar haqida bormoqda. Qozoğiston markaziy depozitariysida muomalada bölgan RU perfiksli 140 ga yaqin qimmatbaho qoğozlar borligi ma’lum böldi. Bular suveren qarz obligatsiyalari, korporativ bondlar va aksiyalardir.
«Markaziy depozitariy mijozlardan kelgan yöriqnomalarni qayta işlaş mobaynida bu xatti-harakat ortidan keladigan risklar va oqibatlarni inobatga olib bajariş imkoniyatini körib çiqadi», — deyilgan taşkilotda. Şu talab bayon etilgan xatni depozitariy barça mahalliy qatnaşuvçilarga jönatgan.
«Mohiyatan, xatda Rossiya ISINʼiga ega barça qoğozlar böyiça hisob-kitoblarni yakunlaş va Qozoğiston depozitariysini ulardan xalos qiliş tavsiya etilmoqda. Qozoğiston depozitariysi bu qoğozlarni portfellarda körişni istamayapti», — degan Yevropaning Mind Money borkeri rahbari Yuliya Xandoşko.
Agar mijozlar körsatib ötilgan muddatgaça Rossiya qoğozlarini muomaladan çiqariş töğrisida talabnoma jönatmasa, ularning Qozoğiston Markaziy depozitariysi depo hisobraqamlaridagi aktivlari muzlatiladi, Pen&Paper advokatlar hay’ati hamkori Kira Vinokurova.
«Tavsiyalarni bajariş asnosida aktivlar Rossiyaning sanksiyaga tuşmagan depozitariylariga ötkazişi ham mumkin, biroq MHDga qaytarib bölmaydi. Bu OFACʼning boş litsenziyasiga zid», — degan BGP Litigation firmasining komplayens va sanksion huquq böyiça yuristi Nikita Yerşov.
Uşbu vaziyatda Qozoğiston depozitariysining boş maqsadi — 13 avgustdan söng ehtimolli muzlatişga duçor bölmaslik uçun mahalliy brokerlariga egalik zanjirida MHD iştirokidagi pozitsiyalarni qisqartirişga imkon beriş, degan FTL Adviser hamkori Igor Kuznets.
Qozoğistonda mavjud Rossiya qimmatbaho qoğozlarining aniq hajmi noma’lum. Markaziy depozitariy ma’lumotlariga köra, 2022 yilning martidan dekabrigaça qozoğistonlik brokerlar Rossiya qoğozlari bilan 641,1 mlrd tanga (1,4 mlrd dollar)lik bitimlarini amalga oşirgan. Şuningdek, 2022 yilda depozitariyga 50 mlrd tanga (104,6 mln dollar)lik aksiyalar va 2 trln tanga (4,2 mlrd dollar)lik boşqa moliyaviy vositalar ötkazilgan.








