Boş vazir bayoni bilan poytaxtning Uçtepa tumanida barpo etilişi kerak bölgan 4 qavatli hunarmandlar maskani qurilişi boşlangaç, “bir yumalab” köp qavatli turar joyga aylanib qolgan. Bunga ruxsat beruvçi xulosa esa şahar hokimi Şavkat Umrzoqovning bayoni bilan bekor qilingan. Ammo hokim imzolagan bu bayon sudda haqiqiy emas deb topilgan. Işlar şu tarzda ketadigan bölsa bundan 5 yil avval issiq örnidan ayrilgan hunarmandlar köçada qolişlari aniq.
2022 yil dekabr oyida Kun.uz’da Uçtepa tumanida 4 qavatli Hunarmandlar markazi qurilişi kerak bölgan joyda 9 qavatli “dom” qurilayotgani, hunarmandlar esa bundan noroziligi haqida suriştiruv e’lon qilingandi.
Hunarmandlar tahririyatga takroran murojaat qilganlaridan tuşundikki, muammo yeçimini topmagan. Kun.uz vaziyatni örganiş maqsadida nizoli hududga borib, hunarmandlar va quruvçi taşkilot vakillari bilan suhbatlaşdi.
Suzukota majmuasi qurilişi munosabati bilan hunarmandlarga tegişli ustaxonalar buzilgani sababli 2019 yil 26 maydagi hukumat sayyor yiğilişi bayoni bilan Uçtepa tumani Foziltepa köçasida joylaşgan 2,7 gektar yer maydonida “Hunarmandlar guzari” markazi qurilişi va hunarmandlarning buzilgan mulklariga kompensatsiya sifatida quriladigan binoning birinçi qavatidan 52 nafar hunarmand uçun jami maydoni 12 ming 204 metr kvadrat bölgan xonalar ajratib berilişi belgilangan.

Hunarmandlarga ajratiladigan xonalar quriliş uçun sarflangan xarajatlar hisobida sotilişi, zarurat bölganda ularning puli bir yil davomida bölib tölaşga imkon berilişi va’da qilingan.
Şundan söng MÇJ şaklidagi “Turon meros” korxonasi taşkil etiladi hamda unga Hunarmandlar markazidan joy berilişi közda tutilgan barça hunarmandlar uyuşadi. Obekt loyihasi, eskizlari va boşqa hujjatlar 2020 yilda tegişli taşkilotlar bilan kelişiladi hamda Quriliş vazirligining ijobiy xulosasi olinadi.














