Issiq yoz oylarida o‘zbekistonliklar yuqori haroratni yengish yo‘llarini faol izlamoqda. Konditsionerlar bozorda eng ko‘p talab qilinadigan tovarlardan biriga aylanmoqda — har yili mamlakatda ularga bo‘lgan talabning sezilarli o‘sishi kuzatilmoqda. Masalan, joriy yilning iyun oyida Uzum Market’da konditsionerlar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 barobar oshdi. Bu nafaqat haroratning o‘ziga xos xususiyatlari, balki nasiyaga xarid qilish imkoniyatining oshishi bilan ham bog‘liq — Uzum Nasiya’da xarid qilish limitini olish uchun atigi bir necha daqiqa vaqt ketadi.

 — Hozir energiya tejash rejimi va shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadigan, havoni tez sovitish va tozalash funksiyasi bilan jihozlangan, shuningdek, bir nechta ish rejimlarini, jumladan, isitishni taklif qiluvchi modellarga talab katta,  deydi Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov.

Siz uchun Uzum Market’dan narxi 4 500 000 so‘mgacha bo‘lgan konditsionerlar to‘plamini tayyorladik. Siz ularni to‘liq miqdorni birdan to‘lashingiz yoki 3, 6 yoki 12 oylik qismlarga bo‘lib sotib olishingiz ham mumkin.

Chilla kirishi bilan nafaqat konditsionerlarga, balki issiqlikni osonroq yengishga yordam beradigan boshqa mahsulotlarga ham talab ortib bormoqda: chilla boshlanganidan beri Uzum Market foydalanuvchilari 6000 ga yaqin ventilyator, 5000 ta konditsionerlar, 3429 ta quyoshdan himoya qiluvchi yengchalarga buyurtma berishdi, shuningdek, shishiriladigan va karkasli basseynlarni (6000 dan ortiq dona), quyoshdan himoya qiluvchi kremni (7420 dona) va gazlangan ichimliklar (13615 dona) faol sotib olishmoqda.