Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilmoqda
Toshkent shahridagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilgan. Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantirilishi ma’lum qilingandi.
Foto: mkbank
Toshkent markazidagi Sodiq Azimov ko‘chasining bir qismini ham 24 soatlik gastronomik ko‘chaga aylantirish rejalashtirilmoqda.
Loyihani qo‘llab-quvvatlovchi «Mikrokreditbank» xabariga ko‘ra, loyiha doirasida yoritish ustunlarini yangilash, o‘rindiq va axlat qutilarini o‘rnatish, yangi ko‘chatlar ekish, sug‘orish tizimini tashkil etish, musiqa tizimini tashkil etish rejalashtirilgan.

Piyodalar yo‘laklarini yangilash va kengaytirish, velosiped yo‘laklarini tashkil qilish, yo‘l chetlari bo‘ylab avtoturargohlar, bolalar maydonchalarini yaratish rejalashtirilmoqda.

Mavjud umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan tashqari, ko‘chada fudtraklar paydo bo‘ladi va ko‘cha taomlarini sotadi.
Avvalroq Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish reja qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.03.2026
Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi
13:53 / 20.03.2026
Chilonzorda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi yopiladi
12:40 / 22.01.2026
Toshkentning asosiy ko‘chalarida agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda
09:29 / 24.12.2025