28 iyul kuni Yaponiya janubi-ğarbida 7,1 magnitudali zilzila röy berdi. Yaponiya meteorologiya agentligiga köra, zilzila öçoği Kumamoto prefekturasida, 10 kilometr çuqurlikda joylaşgan.

Meteorologiya agentligi Ariake va Yatsusiro körfazlarida tsunami röy berişi xavfi haqida e’lon qilgandi, köp ötmay bu ogohlantiriş bekor qilindi.

150 mingdan ortiq kişiga evakuatsiya punktlariga köçib ötiş böyiça körsatma berildi.

Reuters agentligi Kumamotodagi şifoxonalardan biriga tayanib, kamida 50 kişi jabrlangani haqida xabar qilgan.

Nikkei naşriga köra, zilzila vaqtida tezyurar poyezd içida bölgan yölovçilardan ham bir neçasi jarohat olgan.

Yaponiya boş vaziri Sanae Takaiçi Tokiodagi matbuot anjumanida jabrlanganlar soni va yetkazilgan zarar miqdori hali aniq emasligini aytdi. «Ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilişlar va yonğinlar röy bergan, şuningdek, yöllar va köpriklar şikastlangan, binolar qulagan», – degan boş vazir.

Mahalliy naşrlarga köra, köplab yirik trassalarda ulkan yoriqlar yuzaga kelgan. Kumamotoda temiryöl qatnovi töxtatilgan, mahalliy aeroport reyslarni qabul qilmayapti va yangi parvozlarni amalga oşirmayapti.

Kumamoto prefekturasidagi Aeon Mall nomli savdo markazida davomli silkinişlardan keyin portlaş röy berib, binoning bir qismi şikastlangan. Kompaniya vakili ma’lum qilişiça, birinçi silkinişdan keyin mijozlar va xodimlar evakuatsiya qilingan, lekin bir neça kişi içkarida qamalib qolgan.

OAV uşbu savdo markazidagi portlaş oqibatida bir neça kişi halok bölganini yozgan.

Yaponiya – dunyoda zilzilalar eng köp kuzatiladigan mamlakatlardan biridir: bu yerda yiliga 1 500 marta atrofida yerosti silkinişlari röy beradi.

Ön yil muqaddam Kumamoto prefekturasi davomli zilzilalar makoniga aylangan, xususan, 2016 yil aprelida 7 magnitudali zilzila röy bergandi. Öşanda NHK telekompaniyasi tabiiy ofat oqibatida 278 kişi halok bölganini xabar qilgan.