Toshkent shahrida Mangal Fest 2026 tadbiri o‘tkaziladi, deb ma’lum qildi poytaxt hokimligi axborot xizmati.

Xabarga ko‘ra, tadbir munosabati bilan 23 iyul soat 00:00 dan 26 iyul soat 24:00 gacha Sergeli tumanidagi So‘g‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi bilan kesishmasidan Jaloyir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi.

Hokimlik haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.