Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zamonaviy elektromobillarda “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat”
Premium segmentdagi avtomobillarni 1953 yildan beri ishlab chiqaruvchi “HONGQI” kompaniyasining rasmiy vakillari mazkur brendga tegishli avtomobillarda dunyoning yarmini sayohat qilish uchun yo‘lga chiqishdi.

Foto: HONGQI
Jurnalistlar ishtirokidagi guruh “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” mavzusida Xitoyning Tsian shahridan Fransiyaning Parij shahriga otlanishdi.
Delegatsiya a’zolari sayohatlarini dastlab Qozog‘iston davlatidan boshlab, so‘ngra yurtimizga tantanali ravishda tashrif buyurishdi.
Toshkentda kutib olingan mehmonlarga Qoraqalpog‘istondan chiqib ketuvchi chegaragacha “HONGQI” brendining yurtimizdagi rasmiy distribyutori “AUTO MOTORS ASIA” bosh bo‘ldi.
Bu sayohat davomida Xitoydan tashrif buyurgan mehmonlar Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining tarixiy obidalarini ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.
Qiziqarli tomoni shundaki, yaqindagina taqdimoti bo‘lib o‘tgan EH7 elektromobillarini har qanday sharoitdagi yo‘llarda va eng asosiysi uzoq masofalarga bo‘lgan chidamliligini sinovdan o‘tkazishga katta imkoniyat bo‘ldi.
Bundan tashqari biznesmenlar tanlovi bo‘lgan HQ9 va gibrid tizimida harakatlanuvchi EQ9 minivenlari ham o‘z o‘rnida maksimal darajadagi qulaylikni ta’minlab berishini isbotlab berdi.
1600 km masofadan iborat bo‘lgan O‘zbekiston hududidagi yo‘nalishga HS5 modeli distribyutor tomonidan hamrohlik qildi. Barcha avtomobillarga yurtdoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bildirildi va sotib olish istaklari tug‘ildi.
O‘rta Osiyodagi “HONGQI” brendiga tegishli eng ko‘p model turlari mavjud bo‘lgan, rasmiy distribyutor “AUTO MOTORS ASIA” avtosalonidan orzungizdagi mashinalarni 5 yilgacha sifat kafolati bilan turli xil to‘lov turlari orqali xarid qilishingiz mumkin.
Hozirgi kunda avtosalonda mavjud modellar:
Elektr quvvatida harakatlanuvchi – E-QM5, E-HS9
Benzin yoqilg‘i turida yuruvchi – HS5, HS7, H5, H9
Yumshoq gibrid tizimiga ega – H5 Classic, H5 Restyling
Instagram: Hongqi_uz
Telegram: Hongqi_uz
Veb-sayt: Hongqiuzbekistan.uz
Manzil: Sergeli-V dahasi, 6A
Tel.: +998 91 033 03 03
+998 91 055 03 03
Reklama
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025